Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahsulotlar narxining mavsumiy tebranishini 10-15 foizgacha pasaytirish rejalashtirilyapti

Mahsulotlar narxining mavsumiy tebranishini 10-15 foizgacha pasaytirish rejalashtirilyapti

O‘zbekistonda aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror narxda ta’minlash uchun doimiy intervensiya tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bunda zaxira intervensiya faoliyatini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotni davlat-xususiy sherikligi asosida  tashkil etish choralari ko‘riladi. Zaxira intervensiyasi bo‘yicha pilot loyihasini amalga oshirish uchun esa tegishli hudud (tuman/shahar) tanlab olinadi. 

Qayd etilishicha, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida zaxira intervensiyasi (kartoshka misolida) namunaviy modeli ishlab chiqiladi va pilot loyihasi doirasida sinovdan o‘tkaziladi.

Bunda:

  • tovar zaxirasi, aholi ehtiyojini va narx dinamikasini hisobga olgan holda davlat tomonidan minimal xarid narxini belgilash;
  • davlat ehtiyojdan ortiqcha bo‘lgan mahsulotlarni sotib olish va zaxiraga qo‘yish, agar bozorda saqlanayotgan mahsulotga qo‘shimcha ehtiyoj sezilsa, sotishga chiqarish mexanizmini tashkil etish;
  • zaxiraga olingan mahsulotlarni sifatli saqlash uchun omborxonalarni litsenziyalash amaliyotini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Pilot loyihani amalga oshirish natijalari bo‘yicha barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining zaxira intervensiya mexanizmini 2030 yilga qadar bosqichma-bosqich respublikada joriy qilishga oid takliflar ishlab chiqiladi.

Mazkur loyiha natijasida mahsulotlar narxining mavsumiy tebranishi 30-50 foizdan 10-15 foizgacha pasayishi ta’minlanishi hamda asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining umumiy inflyasiyaga bosimi 0,5-1,5 foizga kamayishiga erishilishi ta’kidlanmoqda.

Bundan tashqari sotilmay qolgan mahsulotlar hajmi
20-30 foizdan 5-10 foizgacha kamayib, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar daromadini 10-15 foizgacha oshirishga erishiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring