O‘zbekistonda dori-darmonlar narxi 40-60 foizgacha arzonlashadi
2026-yil 1-martdan boshlab aholi uchun dori vositalari narxlari 40-60 foizgacha pasaytiriladi. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rasmiysi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichga 2 ming nomdagi import dorilariga referent narxlar belgilanishi, distribyutorlar ustamalarining qisqartirilishi hamda sohaga 392 million dollar miqdoridagi (o‘tgan yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘p) investitsiyalarning jalb etilishi orqali erishilgan.
Shuningdek, yil yakuniga qadar yana 4 ming nomdagi dori vositalari narxini tushirish va mahalliy korxonalarda texnologiyalar transferi asosida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter