Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirzo Ulug‘bek tumani bosh soliqchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Mirzo Ulug‘bek tumani bosh soliqchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Toshkent shahrida yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion so‘mga yetgan, bu budjet yiliga 7,5 trillion so‘mni yo‘qotyapti degani.

Birgina aksiz solig‘i to‘lovchilar ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini yashirgani oqibatida 66 milliard so‘m soliqdan qochilgan.

Davlat rahbari, shuningdek, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va soliq ma’murchiligi bo‘yicha poytaxt soliq organlarining ishi mutlaqo qoniqarsiz ekanini qayd etdi.

«Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilarning qariyb 30 mingi QQSning biror so‘mini to‘lamagan. Yoki savdo, servis va umumiy ovqatlanishdagi kassa apparatining to‘rtdan biri ishlatilmayapti.

Ayrim soliq boshliqlari tushumni ko‘paytirish o‘rniga qo‘shtirnoq ichidagi «tadbirkor»larga «homiylik» qilish bilan bandligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, shaharda o‘tkazilgan tekshiruvlarda 70 milliard so‘m soliq hisoblanmasdan qolgani aniqlangan. So‘nggi ikki yilda shahar soliq idoralarining 19 nafar xodimi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan, budjetga 27 milliard so‘m zarar yetkazilgan», – dedi Prezident.

Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasining boshlig‘i D.Usmanov ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U inspeksiya binosining bir qismini shaxsiy maqsadda ijaraga berib, 315 million so‘mni o‘zlashtirgan, ish faoliyatida guruhbozlikka va maishatbozlikka berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring