Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga eng ko‘p sayohatchilar qaysi mamlakatlardan kelmoqda?

O‘zbekistonga eng ko‘p sayohatchilar qaysi mamlakatlardan kelmoqda?

Foto: Sreda.uz

2025 yilning yanvar–iyun oylarida 783,7 ming nafar chet el fuqarosi sayohat maqsadida O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 255,1 ming nafarga yoki 48,3 foizga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida O‘zbekistonga sayohatga kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:

  1. Rossiya — 166,6 ming nafar;
  2. Turkmaniston — 123,0 ming nafar;
  3. Qozog‘iston — 77,7 ming nafar;
  4. Qirg‘iziston — 71,6 ming nafar;
  5. Tojikiston — 49,1 ming nafar;
  6. Xitoy — 39,1 ming nafar;
  7. Turkiya — 29,3 ming nafar;
  8. Hindiston — 22,0 ming nafar;
  9. Italiya — 18,6 ming nafar;
  10. Janubiy Koreya — 14,9 ming nafar;
  11. Germaniya — 14,7 ming nafar;
  12. AQSh — 13,2 ming nafar.

Qolgan 143,9 ming nafar sayyoh — boshqa mamlakatlar fuqarolari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring