Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga xorijliklar ko‘proq qarindoshlarni yo‘qlashga kelishadi

O‘zbekistonga xorijliklar ko‘proq qarindoshlarni yo‘qlashga kelishadi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyulida jami 6,3 mln nafar chet el fuqarolari O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 % ga oshgan.

Eng ko‘p sayyoh qo‘shni respublikalardan kelgan:

Qirg‘izston – 1 846 030 nafar;

Qozog‘iston – 1 466 535;

Tojikiston – 1 441 618;

Rossiya – 536 849;

Afg‘oniston – 267 485;

Turkmaniston – 208 864;

Xitoy – 103 158;

Turkiya – 96 492;

Hindiston – 38 008;

Koreya Respublikasi – 25 057;

Boshqa davlatlar – 289 023 nafar.

Ularning asosiy qismi qarindoshlarni yo‘qlash (4 338 164) maqsadida kelgan.

Sayyoh sifatida 949 933 nafar, xizmat yuzasidan 710 303, tijorat 255 136 va davolanish maqsadida 54 882 kishi O‘zbekistonni tanlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring