Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning MO davlatlari bilan savdo aloqasi 15 foizdan ko‘proqqa oshgan – tahlil

O‘zbekistonning MO davlatlari bilan savdo aloqasi 15 foizdan ko‘proqqa oshgan – tahlil

2025-yilda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmi 8,3 mlrd dollarga yetdi (2024-yilga nisbatan 15,2 foizga oshgan). Bu umumiy tashqi savdo hajmining 10,2 foizini tashkil etadi.

Bunda:

  • Eksport hajmi 3,1 mlrd. AQSh dollari (13,7 foizga oshgan);
  • Import hajmi 5,1 mlrd. AQSh dollari (15,2 foizga oshgan).

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulushi Qozog‘iston hissasiga – 60 foiz.

Qolgan qismi:

  • Turkmaniston – 15 foiz;
  • Qirg‘iziston – 14 f foiz;
  • Tojikiston – 11 foiz, hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring