Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva so‘z erkinligi bo‘yicha vakil bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva so‘z erkinligi bo‘yicha vakil bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Tereza Ribeyro bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda dunyoda so‘z erkinligi masalasida yuzaga kelayotgan va ba’zan avjiga chiqayotgan ziddiyatlar hamda bu sohadagi imkoniyatlarni muhokama qilingan.

«Biz hozir ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish bosqichidamiz. Axborot kodeksi loyihasi ishlab chiqilmoqda. So‘nggi yillarda OAV sohasida yuz bergan ijobiy o‘zgarishlarni saqlab qolish va jurnalistlarni himoya qilish biz uchun juda muhim», deydi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, aynan ushbu mavzu doirasida istiqboldagi qo‘shma loyihalar muhokama qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring