Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandga yangi hokim tasdiqlandi

Samarqandga yangi hokim tasdiqlandi

Boburmirzo Oblaqulov.

Foto: «Zarnews.uz»

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda «Zarnews.uz» xabar bermoqda.

Shu vaqtgacha Samarqand shahar prokurori vazifasida ishlab kelgan Oblaqulov Boburmirzo Salomovich Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

Boburmirzo Oblaqulov 1972-yil Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand shahar prokurorligidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Samarqand viloyat prokuraturasida faoliyat ko‘rsatgan, Past Darg‘om, Oqdaryo tumanlarida prokuror lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring