Bugun havo harorati 18 darajagacha ko‘tariladi
Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq, shimolda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda kechqurun vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayadi. Harorat 16-18° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter