Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat raisi «Xabar.uz» muxbiriga qo‘ng‘iroq qildi

Senat raisi «Xabar.uz» muxbiriga qo‘ng‘iroq qildi

Foto: «Xabar.uz»

«Xabar.uz» sayti muxbiri Barno Sultonova senat raisi Tanzila Norboyevaga maslahat xati yo‘llaganidan biroz vaqt o‘tib murojaatga munosabat bildirildi.

Tanzila Norboyeva telefon orqali xatda keltirilgan muammo, ya’ni xorazmlik ayolning uysizligi masalasini o‘z nazoratiga olishini bildirgan.

Qolaversa, senat raisi Nodira Xolmirzayeva bilan ham telefon orqali bog‘lanib, ayolning sog‘lig‘i tiklanishi va uy muammosi hal bo‘lishiga ko‘mak berishini alohida qayd etgan.

Tanzila Norboyeva shu vaqt oralig‘ida viloyat va tuman xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limlariga ham ushbu masala yuzasidan topshiriqlar bergan.

Izohlar 6

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring