Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir Tohir Rahimov vafot etdi

Sobiq vazir Tohir Rahimov vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi aloqa vaziri hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, shuningdek, boshqa ko‘plab tashkilotlar rahbari bo‘lib ishlagan Tohir Rahimov 74 yoshida vafot etdi.

Tohir G‘ofurovich Rahimov turli yillarda O‘zbekiston Respublikasi aloqa vaziri, vazir o‘rinbosari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri, telekommunikatsiya kompaniyasining bosh direktori, Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi direktori, Xalqaro aloqa akademiyasining vitse-prezidenti lavozimlarida faoliyat olib bordi.

U 2008-yildan boshlab umrining so‘nggi kunlariga qadar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti «Teleradioeshittirish tizimlari» kafedrasida professor lavozimida faoliyat yuritdi.

«Xabar.uz» jamoasi Tohir Rahimovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring