Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlarga shaxsiy yuk avtomashinalaridan foydalanishda yengilliklar beriladi (video)

Tadbirkorlarga shaxsiy yuk avtomashinalaridan foydalanishda yengilliklar beriladi (video)

Foto:«Xabar.uz»

Tadbirkorlarga shaxsiy avtomashinalarini boshqarish uchun yengilliklar berilishi kutilmoqda.

Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Markaziy bank onlayn brifingida ma’lum qilgan.

«Kechadan boshlab O‘zbekiston hududida yuk avtomobillariga bo‘lgan cheklovlar bekor bo‘ldi. Endi 1-2 kunda tadbirkorlarimiz ko‘plab murojaatlar bilan chiqishmoqdaki, ularning mashinasi shaxsiy. Shaxsiy mashinalarga esa ruxsat yo‘q, faqat tashkilot avtomobillariga stiker berilmoqda. Shu nuqtai nazardan, hozir bu bo‘yicha ham 1-2 kun ichida Bosh vazirimiz rahbarliklaridagi komissiyaning qarori chiqadi, buni ham yengillashtiramiz», - deya ta’kidladi vazir.

Avvalroq QO‘chqorov karantin tadbirlari may oyida ham davom etishi mumkinligini aytgandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring