Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarga soliq bo‘yicha yengilliklar beriladi

Tadbirkorlarga soliq bo‘yicha yengilliklar beriladi

Foto: Xabar.uz

Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi

Qonun (O‘RQ–1108-son, 25.12.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilandi:

-agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi 3 oy ichida soliq hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi 5 ish kunidan oshmagan bo‘lsa .

Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksdagi huquqiy ta’sir choralari jumlasiga “QQSni to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish kiritildi. 

Bundan tashqari, soliq qarzi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va YaTTlar soliq organiga soliq qarzini o‘z debitori hisobidan undirishni so‘rab murojaat qilishga haqli. 

Murojaatga o‘zaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim. 

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari Prezident qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutildi.

Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan e’tiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring