Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Poytaxtliklar viloyatda «uchyot»siz yurishi mumkin» — IIV boshqarma boshlig‘i (video)

«Poytaxtliklar viloyatda «uchyot»siz yurishi mumkin» — IIV boshqarma boshlig‘i (video)

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida intervyu va jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Uchrashuvda ishtirok etgan jurnalistlardan biri IIV mutasaddilariga «ma’lumki, Toshkent shahrida propiska tartibini buzgan viloyatliklar jarimaga tortiladi. Xuddi shu qoida boshqa viloyatlarga borgan toshkentliklar uchun ham qo‘llaniladimi?» deya murojaat qildi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Badriddin Shorixsiyev mazkur savolga quyidagicha javob qaytardi:

— Toshkent shahri va Toshkent viloyati alohida region bo‘lgani uchun shu masala qo‘yilgan. Lekin boshqa viloyatlarda siz aytgan masalada ularga bemalol. Uchet(hisob)gayam qo‘ymaysiz.

Foto:«Xabar.uz»

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB mas’uli Yo‘ldoshev Qudratning mazkur masalada qo‘shimcha izoh berishicha, shahar miqyosida pasport-viza qoidalarini buzgan jami 586 ming 351 ta shaxs aniqlangan. Ularning 120 mingi aynan turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmay yashayotganlardir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring