Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezd yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkentdan Urganchga qo‘shimcha poyezd yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma’muriyati, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 30-avgust va 1-sentyabr kunlari Toshkent – Urganch yo‘nalishidagi №556- sonli qo‘shimcha poyezdi soat 14:22 da Toshkent Markaziy vokzalidan, 2019-yil 31-avgust va 2-sentabr kunlari Urgench – Toshkent yo‘nalishidagi №555-sonli qo‘shimcha poyezdi esa soat 10:10 da Urgench temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

20 avgust kuni Samarqandga qo‘shimcha poyezd qo‘yilayotgani xabar qilingan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring