Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning ikki tumanida suv ta’minoti vaqtincha uziladi. Qachon va qayerda?

Toshkentning ikki tumanida suv ta’minoti vaqtincha uziladi. Qachon va qayerda?

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahridagi ichimlik suvi tarmoqlarida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Chilonzor va Yakkasaroy tumanidagi ayrim mahalla va ob’yektlarda suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu borada Toshket shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ta’mirlash ishlari olib boriladigan manzilgohlar sanasi va vaqti ro‘yxati:

18 aprel kuni 9:00dan 19 aprelgacha bir sutka davomida Chilonzor tumanidagi «Charx Kamolon-1», «Charx Kamolon-2», «Charx Kamolon-3» mahallalari, 22 mehribonlik uyi, Ozarboyjonning O‘zbekistondagi elchixonasi, T.To‘la ko‘chasi 16, 18 uyda hamda Olmazor ko‘chasidagi 2 uyda;

18 aprel saoat 23:00dan 19 aprel 9:00 gacha «Bo‘rijar», «Mevazor», «Yakka tut», «Xirmontepa», «Kichik Xirmontepa» va Shuhrat mahallalarida, Al-Xorazmiy va Mashrab ko‘chalarida, Chilonzor 19, 20 va 20A dahalarida;

18 aprel kuni 9:00dan 19 aprelgacha bir sutka davomida Yakkasaroy tumanidagi Yunus Rajabiy, Rakatboshi ko‘chasi va Rakatboshi 3-9 tor ko‘chalarida, Sharshara ko‘chasi, tor ko‘chasi va berk ko‘chasida hamda «Turkiston» mehmonxona majmuasida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring