Toshkentning qaysi manzillarida Navro‘z sayllari nishonlanishi aytildi
Toshkent shahar hokimligi joriy yilgi Navro‘z bayrami poytaxtning qaysi manzillarida ommaviy tadbirlar ko‘rinishida nishonlanishini ma’lum qildi.
Asosiy bayram manzillari:
- 21–22 mart — «O‘zbekiston ovozi» turizm ko‘chasi (Bosh manzil)
- 21–22 mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi
- 21–23 mart — «Navro‘z» etno bog‘i
- 21-mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi
Shuningdek, quyidagi manzillarda ham sayillar bo‘lib o‘tadi:
- 21-mart — Yunusobod tumani, Yunusobod Galereya majmuasi oldi
- 21-mart — Bektemir tumani, «Coca Cola» bog‘i
- 21-mart — Mirzo Ulug‘bek tumani, «Central Park»
- 21-mart — Sergeli tumani, markaziy xiyobon
- 21-mart — Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi (Beruniy metrosi yonida)
- 21–22 mart — Shayxontohur tumani, «Anhor Lokomotiv» bog‘i
- 21–22 mart — Shayxontohur tumani, «Tashkent City» bog‘i
- 21-mart — Uchtepa tumani, «Seul» ekobog‘i
- 21-mart — Chilonzor tumani, G‘ofur G‘ulom bog‘i
- 21-mart — Yakkasaroy tumani, «Next» savdo majmuasi
- 21-mart — Yashnobod tumani, «Ashxobod sayilgohi» bog‘i
- 21-mart — Yangihayot tumani, «Mehrigiyo» maydoni
Manzillarda:
- milliy taomlar va ko‘klam ne’matlarining keng namoyishi;
- sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayonlari hamda ularni tatib ko‘rish imkoniyati;
- taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari;
- hunarmandchilik va amaliy san’at ko‘rgazmalari;
- milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari va qiziqarli bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter