Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyada qator muhim qarorlar: o‘zbekistonliklar uchun ish, himoya va qonuniylik

Turkiyada qator muhim qarorlar: o‘zbekistonliklar uchun ish, himoya va qonuniylik

Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev va Turkiya Respublikasining Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Ishikxan o‘rtasida qonuniy va himoyalangan mehnat migratsiyasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan strategik ahamiyatga ega uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda qator muhim kelishuvlarga erishildi. Jumladan, Turkiyada noqonuniy maqomda bo‘lgan o‘zbekistonliklarni deportatsiyasiz legallashtirish amaliyoti davom ettirish hamda Turkiyada 3 yil doimiy asosda yashab kelgan o‘zbekistonliklarga shu yil 1-martdan boshlab, ilk bor ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma berishga kelishib olindi.

Shuningdek, Mehnat vazirligi huzuridagi İŞKUR tashkiloti tomonidan talab yuqori bo‘lgan kasblarni markazlashtirib, Migratsiya agentligiga talabnoma taqdim qilish kabi masalalar bo‘yicha Bitim imzolashga kelishildi.

Bundan tashqari, Agentlik Turkiyaning «KSK Temizlik» kompaniyasi bilan Anqarada qurilayotgan yirik qurilish ob’yektlarga 2026-yil davomida 2,5 ming nafar o‘zbekistonlik quruvchilarni jalb etishga kelishdi.

«Arya» tashkiloti bilan imzolangan Bitimga ko‘ra esa endi Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 25 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar turk standarti asosida baholanadi va sertifikat oladi.

Natijada 2026-yilda 1 500 nafar sertifikatga ega mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatidagi «Akkuyu» AESda yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring