Ucell o‘n millioninchi abonentiga avtomobil sovg‘a qildi (video)

Ucell kompaniyasi xizmatlaridan foydalanuvchi o‘zbekistonliklar soni 10 million nafarga yetdi. 2024 yil yanvar oyi holatiga 9 million abonentni qamrab olgan kompaniyaning o‘tgan davr mobaynida sohada olib borgan islohotlari natijasida bu ko‘rsatkich 1 millionga o‘sdi. Shu munosabat bilan Ucell kompaniyasi o‘zining o‘n millioninchi abonentiga «Cobalt» avtomobilini sovg‘a qildi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi Dilrabo Xudoyorovaning aytishicha, bu qimmatbaho sovg‘a ularning oilasi uchun kutilmagan sovg‘a – yoqimli «syurpriz» bo‘lgan.
«O‘zim Ucell kompaniyasi xizmatlaridan 10 yildan beri foydalanaman. Yaqinda ikki farzandimga ham shu kompaniyadan SIM-karta sotib olgandim. Ulardan biri Ucell’ning o‘n millioninchi abonenti deb topilibdi va shu sababdan «Cobalt» avtomobili sohibiga aylandim.
Rostini aytsam, avvaliga biz ishonmadik. Keyin esa kompaniya xodimlarining o‘zi bu xabar rost ekanligi qayta-qayta uqtirishdi. Kompaniyaning o‘z mijozlariga shunday haqqoniy sovrinlar berayotganidan, albatta hursandman», – deydi Dilrabo Xudoyorova.
Ucell kompaniyasining tijoriy direktori Georgiy Churavsov g‘olibni tabriklab, 10 millionlik abonent marrasiga erishish kompaniya tarixidagi muhim voqea ekanligini ta’kidladi.
«10 million abonent bu shunchaki chiroyli raqam emas. Bu butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab abonentlarning ishonchi ifodasi hamdir. Har bir mijozimizga minnatdorlik bildiramiz va tarmog‘imizni kengaytirishda, aloqa sifatini yaxshilashda hamda zamonaviy raqamli xizmatlarni taqdim etishda davom etamiz», – deydi Georgiy Churavsov.
O‘n millioninchi abonentini taqdirlash Ucell kompaniyasining o‘z mijozlariga yaqin bo‘lishga intilayotganini va xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.
Ucell kompaniyasining ommaviy bozorda savdo rahbari Otabek Ataxanovga ko‘ra, Ucell kompaniyasi birinchi bo‘lib 3G, 4G, 5G tarmoqlarini ishga tushirgan. Shu qatori metro stansiyalarida ham birinchi bo‘lib o‘z tarmoqlarini yaratgan.
«Bundan tashqari, aloqa kompaniyalari orasida ofislar soni bo‘yicha ham yetakchilik qiladi. Bu esa O‘zbekiston hududidagi barcha abonentlarimizga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratadi. Yangi o‘rnatilayotgan texnologiyalarimiz va joriy etayotgan tariflarimiz har qanday mijozlarimizga mos keladi.
Kelgusi yillarda esa yana yangi sovdo ofislari ochish va mijozlarga qulaylik yaratish, sohaga yangi texnologiyalarni tatbiq qilish niyatidamiz», – deydi u.
Ma’lumot uchun, Ucell O‘zbekistondagi mobil aloqa xizmatini ko‘rsatuvchi yetakchi kompaniya bo‘lib, GSM, UMTS, LTE va 5G standartlarida xizmat ko‘rsatadi. Kompaniyaga 10 milliondan ortiq abonent ishonch bildirgan.
Ucell O‘zbekiston kelajagiga izchil investitsiya kiritmoqda: so‘nggi uch yil ichida sohaga 430 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Ucell investitsiyalari mamlakatning barqaror raqamli iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qilyapti va abonentlar uchun qulayliklar yaratmoqda.
Ucell tarmog‘ining yuqori sifati xalqaro darajada tasdiqlangan. 2025 yil mart oyida Barselonada bo‘lib o‘tgan Mobile World Congress korgazmasida Ucell mobil internet tezligi boyicha «Ookla» mukofotini qo‘lga kiritdi.
Bu mukofot 2024 yil natijalari hamda Speedtest Intelligence ma’lumotlariga asoslanib taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter