Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Prezident Jizzax viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Ulug‘bek Mustafoyev nomzodini ilgari surdi.
Xalq deputatlari va viloyat faollari nomzod haqidagi fikrlarini bildirdilar. Shundan so‘ng viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ulug‘bek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Davlat rahbari yangi hokim bildirilgan ishonchni oqlab, keyingi yilda viloyatga 4,5 milliard dollar xorijiy investitsiya olib kelish, eksportni 500 million dollarga yetkazish, 175 ming odamni ishli qilish, 15 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish borasida qattiq ishlashi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Mustafoyev 2024-yil 19-dekabrda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter