Urgutdagi xonadonda «hujra» tashkil qilgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyatining Urgut tumani «Do‘stlik» mahallasidagi xonadonlardan birini ijaraga olib, «hujra» tashkil qilgan shaxs (Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1991-y.t.) qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, uning maxsus diniy ma’lumoti va tegishli ruxsatnomasi yo‘q. Shunga qaramasdan, moddiy manfaatdorlik evaziga, 2011-2016-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar o‘g‘il bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berish bilan shug‘ullangan.
Xabarga ko‘ra, mazkur shaxsga nisbatan JK 2292-moddasi 2-qismi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter