Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus bo‘yicha telegram-bot ishga tushirildi

Koronavirus bo‘yicha telegram-bot ishga tushirildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Uzinfocom yagona integratori koronavirus infeksiyasi bo‘yicha Coronavirus Yordam nomli telegram-botni ishga tushirdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Telegram-botga havola: @coronavirusYordamBot.

Telegram-bot orqali fuqarolar onlayn rejimida koronavirus infeksiya bo‘yicha o‘zbek va rus tillarida shifokor tomonidan konsultatsiyani olish imkoniga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholini koronavirus (COVID-19) bo‘yicha va O‘zbekistonda koronavirus tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ob’yektiv va ishonchli ma’lumot bilan ta’minlab borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi call-markazining 1003 qisqa yagona raqami va rasmiy veb-sayti — http://coronavirus.uz/uz ishga tushirilgandi.

Shu bilan birga ushbu veb-sayt orqali koronavirus (COVID-19)ni aniqlash bo‘yicha dastlabki testni topshirish imkoni yaratilgandi.

Telegram-bot ishga tushurilishi bilan esa aholi uchun yanada qulaylik yaratildi: endi fuqarolar call-markaziga murojaat qilgan paytida telefon qo‘ng‘irog‘iga javob kutmasdan bevosita bot orqali murojaat qilishlari va tezkor yordam olish imkoniyati yaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring