Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushirildi

Koronavirus haqida rasmiy sayt ishga tushirildi

Skrinshot

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi UZINFOCOM yagona integratori hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda jamoatchilikni koronavirus to‘g‘risida xabardor qilish va uning tarqalishini oldini olishga qaratilgan rasmiy veb-saytni — http://coronavirus.uz/uz ishga tushirdi.

Veb-saytda ma’sul vazirlik va idoralar tomonidan koronavirus tarqalishini oldini olishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida muhim xabarlar berib borilmoqda.

Saytda xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun Tashqi ishlar vazirligi tezkor shtabi va xorijdagi elchixonalarimizda faoliyat ko‘rsatayotgan vakillar bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlar ham ko‘rsatilgan.

Yangilik va statistik ma’lumotlardan tashqari koronavirus (COVID-19)ning alomatlari, xavf guruhlari, diagnostikasi va yuqtirishni oldini olish uchun me’yorlar haqida muhim ma’lumotlar ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring