Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston prezidenti sog‘liqni saqlash vazirini iste’foga chiqardi

Tojikiston prezidenti sog‘liqni saqlash vazirini iste’foga chiqardi

Nasim Olimzoda.

Foto: «Currenttime.tv»

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Nasim Olimzodani iste’foga chiqardi. Bu haqda «Currenttime.tv» xabar berdi.

Prezident farmonida Nasim Olimzoda «boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan» vazifasidan ozod etilgani ko‘rsatilgan.

«Istiqlol» tibbiyot markazi direktori hamda Tojikiston davlat tibbiyot universiteti umumiy jarrohlik kafedrasi professori, 54 yoshli Jamoliddin Abdullozoda Tojikiston sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Nasim Olimzoda Tojikiston SSV rahbari sifatida 2017-yil yanvaridan ish boshlagandi, bungacha shu vazirlikda o‘rinbosar lavozimida ishlagan.

Tojikistonda koronavirus aniqlangan besh kun ichida bemorlar soni 293 nafarga yetib, besh nafari vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring