Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amitabx Bachchan koronavirus yuqtirib oldi

Amitabx Bachchan koronavirus yuqtirib oldi

Foto: indiamagazine.ru

Bolluvudning mashhur aktyori Amitabx Bachchan koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida u o‘zining shaxsiy tvitter sahifasida ma’lum qilgan.

Bachchan shunday yozdi: «Menda «COVID-19» testi o‘tkazildi. Natija musbat chiqdi. So‘nggi 10 kun ichida menga yaqin bo‘lganlarning barchasi test topshirishlarini iltimos qilaman».

Eslatib o‘tamiz, Hindistonda jami kasallanganlar soni 821 mingtani tashkil etib, shundan 515 mingtasi sog‘aygan. Vafot etganlar soni esa 22 mingdan ziyod.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring