Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerikalik aktyor Robert Dyuval 95 yoshida vafot etdi

Amerikalik aktyor Robert Dyuval 95 yoshida vafot etdi

Amerikalik aktyor, rejissyor va prodyuser Robert Dyuval 95 yoshida vafot etdi.

Robert Dyuval kinoda 60 yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida Gollivudning eng nufuzli va mahoratli aktyorlaridan biri sifatida tan olingan.

«Cho‘qintirgan ota» (1972) va «Cho‘qintirgan ota 2» (1974, Korleone oilasining maslahatchisi Tom Heygen), «Bugungi apokalipsis» (1979, podpolkovnik Bill Kilgor) filmlari orqali mashhurlikka erishgan. Ushbu obrazi uchun «Oltin globus»ni qo‘lga kiritgan va «Oskar»ga nomzod bo‘lgan.

«Mehr-shafqat» (1983) filmidagi kantri-qo‘shiqchi Mek Slej roli uchun eng yaxshi erkak aktyor nominatsiyasida «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan.

Robert Dyuval 100 ga yaqin badiiy filmda, 40 ga yaqin serialda suratga tushgan, 5 ta filmga rejissyorlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring