Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshqirdistonning mashhur «Ay Yola» guruhi O‘zbekistonga kelyapti

Boshqirdistonning mashhur «Ay Yola» guruhi O‘zbekistonga kelyapti

2025- yilda dunyoning xit qo‘shiqlaridan biriga aylangan «Xomay» qo‘shig‘i ijrochilari bo‘lgan «Ay Yola» guruhi joriy yilning 28 yanvar kuni O‘zbekistonga keladi.

«Ay Yola» guruhi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti nomzodlarini tantanali taqdirlash marosimida mehmon sifatida ishtirok etishi aytilmoqda.

Shu bilan birga, Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti Nigina Amonqulova hamda Ozarbayjon xalq artisti Mensum Ibrahimov, O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanaq Memedovalar ham mehmon sifatida ishtirok etishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, mazkur milliy mukofotni tantanali topshirish marosimi joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

To‘rtinchi marotaba o‘tkazilayotgan ushbu milliy mukofot doirasida bugungi kunga qadar 20 ta nominatsiya bo‘yicha 60 nafar ijodkorlar munosib deb topilgan va rag‘batlantirilgan.

Ayni kunlarda esa tanlovning navbatdagi 20 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarini aniqlash bo‘yicha Milliytanlov.uz platformasi orqali munosib nomzodlarga ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

Mukofotga sazovor bo‘lgan ijodkorlar mukofotning maxsus statuyetkasi hamda sertifikati, shu bilan birga, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan moddiy rag‘batlantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring