O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning rafiqasi vafot etdi
O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning umr yo‘ldoshi Mahbuba Komilova 62 yoshida vafot etdi.
Mahbuba Komilova 1964 yil 9 fevralda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1987 yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlagan.
Xabar.uz jamoasi Erkin Komilov hamda uning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter