Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murat Yildirim O‘zbekistonga yetib keldi

Murat Yildirim O‘zbekistonga yetib keldi

Foto: «Xabar.uz»

«Osiyo» teleserialidagi Demir roli bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur turk aktyori Murat Yildirim Muxlisa Azizovaning «Scorpion» filmida suratga tushishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, 23-mart kuni Murat rafiqasi, marokashlik go‘zal Imona Elbani bilan birga Buxoro shahriga yetib keldi. «Scorpion»da Murat Yildirim ijro etadigan sahnalarni suratga olish ishlari Buxoro viloyatida ertaga, 24-mart kunidan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5-mart kuni Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi, «Scorpion» trilleri prodyuseri Oybek Abdushukurov turkiyalik aktyor Murat Yildirim bilan Istanbul shahrida shartnoma imzolagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring