Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin humo» milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 60 ga yaqin filmlarni ko‘rib chiqmoqda

«Oltin humo» milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 60 ga yaqin filmlarni ko‘rib chiqmoqda

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan «Oltin humo»  milliy kinotaqdimotining saralash bosqichi davom etmoqda. Taqdimotning saralash bosqichiga 60 ga yaqin filmlar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Oltin humo»  milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 30 ta badiiy, 20 ta hujjatli hamda 4 ta animatsion filmlarni ko‘rib chiqmoqda.

Saralash komissiyasi raisi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov, a’zolar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor Ayyub Shahobiddinov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor Bahodir Odilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinooperator Hamidulla Hasanov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi multimediya markazi rahbari, kinoprodyuser Avaz Tojixonov, kinorejissor, ssenarist Jasur Is’hoqovlardan tashkil topgan.

Taqdirlash marosimi 2019-yilning 10-aprel kuni Toshkent shahrida, «Turkiston»  saroyida bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring