Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ona o‘z o‘g‘lini qamoqdan saqlash uchun qarzini to‘lab berdi

Buxoroda ona o‘z o‘g‘lini qamoqdan saqlash uchun qarzini to‘lab berdi

Aliment undiruvlari ijro faoliyatidagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Chunki ijro harakatlari bola voyaga yetguniga qadar davom etadi.

Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituvidagi sud hujjatiga asosan, qarzdor I.B.dan undiruvchi T.X. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor ota farzandi uchun aliment to‘lovlarini amalga oshirmagan va natijada aliment bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelgan.

Qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda, qarzdor ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirilgan. Ogohlantirishlarga e’tibor qaratilmagach, qarzdor otaga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruv e’lon qilinganidan so‘ng, keksa onaxon o‘g‘lining aliment bo‘yicha qarzdorligini to‘lab berdi. Aks holda, qarzdor ota 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosiga tortilishi mumkin edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring