Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kitobxon mahkumning jazo muddatini qisqartirish tartibi ham ishlab chiqildi

Kitobxon mahkumning jazo muddatini qisqartirish tartibi ham ishlab chiqildi

Joriy yil 15-yanvardagi O‘RQ–1114-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Kodeks 73-moddasining 4-qismida ko‘rsatilgan shaxs (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilganlar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni o‘tash davrida unga tayinlangan jazoni o‘tash muddati qisqartirilishi mumkin. 

Bunda mahkumlarda to‘g‘ri ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar ro‘yxatidagi kitoblarni o‘qiganligi fakti tasdiqlanishi lozim.

Muddat har bir o‘qilgan kitob uchun 3 kunga, biroq 1 yilda ko‘pi bilan 30 kungacha qisqartirilishi mumkin.

Kitob o‘qiganlik faktini aniqlash uning jazoni ijro etish muassasa ma’muriyatiga bergan arizasiga asosan, jazoni ijro etish muassasasi xodimlari, jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiya yig‘ilishi yiliga kamida 2 marta o‘tkaziladi.

Imtihon natijalari bo‘yicha komissiya tomonidan mahkumning kitob o‘qiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinadi.

Xulosaning ko‘chirma nusxasi prokurorga yuboriladi, mahkumga imzo qo‘ydirib topshiriladi, shuningdek mahkumning himoyachisiga uning so‘roviga ko‘ra beriladi.

Mahkumning kitob o‘qiganligi faktini tasdiqlash haqida xulosa qabul qilinganda muassasa ma’muriyati sudga jazoni o‘tash muddatini mahkum tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan qisqartirish to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.

Mahkum tuzalish yo‘liga o‘tganligi munosabati bilan uning jazoni o‘tash muddatini qisqartirish sud tomonidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring