Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda gaz koni topildi

Andijonda gaz koni topildi

Foto: «O‘zbekneftgaz» AJ

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi «Uchtepa» konining 7-qidiruv qudug‘ida tabiiy gazning yangi manbasi topildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur hududdan sutkasiga o‘rtacha 300-350 ming kub metr tabiiy gaz chiqmoqda.

7-qidiruv qudug‘i 1350 metr chuqurlikkacha burg‘ilangan. Endi 10 kun davomida tegishli parametrlarni (bosim, harorat, gaz tarkibi va hokazo) aniqlash uchun gaz-kondensat tadqiqot ishlari olib boriladi.

Yangi konning ochilishi Farg‘ona vodiysi aholisini tabiiiy gaz bilan ta’minlashni yaxshilashi aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring