Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan «O‘zekspomarkaz»ga tashrif buyurdi

Abdulla Aripov kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan «O‘zekspomarkaz»ga tashrif buyurdi

Foto: «nuz.uz»

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 1-avgust kuni OTMlarga kirish imtihonlari o‘tkazilayotgan «O‘zekspomarkaz»ga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «UZ24».

Bosh vazir test sinovlari o‘tayotgan pavilonlarda bo‘lib, kuzatuv jarayonlari bilan tanishmoqda.

Abdulla Aripov o‘tgan yili ham ushbu markazda bo‘lib o‘tgan Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarida bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, internet tarmog‘ining www.test2018.uz manzilida tashkil qilingan maxsus portal orqali yurtdoshlarimiz barcha ob’yektlardagi imtihon jarayonlarini onlayn kuzatish imkoniga egadirlar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring