Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

1-sinfga onlayn-qabul tizimi ishga tushirildi

Foto: «Xabar.uz»

2021-2022 o‘quv yili uchun umumta’lim maktablariga 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlangandi. Bu haqda XTV xabar berdi.

Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud.

Biriktirilgan mikrohududdan tashqari tanlangan ikkinchi va uchinchi maktablarda, maktab sig‘imidan kelib chiqib, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘shimcha o‘quvchilar o‘rni (kvota) ajratiladi.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegramm kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring