O‘zbekistonda har 100 ta uyga nechta kompyuter to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi
Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 76 ta shaxsiy kompyuter to‘g‘ri kelgan.
Tahlillar mamlakatda raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatmoqda. Jumladan, 2010-yilda har 100 ta uy xo‘jaligi hissasiga atigi 12 ta kompyuter to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015-yilga kelib bu ko‘rsatkich 47 taga yetgan.
Shuningdek, 2020-yilda esa uy xo‘jaliklaridagi kompyuterlar soni o‘rtacha 60 tani tashkil etgan.
Hisobotga ko‘ra, keyingi besh yilda ham o‘sish davom etgan va 2025-yilda ko‘rsatkich 76 tagacha ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligi hisobiga o‘rtacha 67 ta konditsioner to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergandik.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter