Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

107 yoshli ayol uzoq umr ko‘rish uchun qancha choy ichish kerakligini aytdi

107 yoshli ayol uzoq umr ko‘rish uchun qancha choy ichish kerakligini aytdi

Buyuk Britaniyalik Rene Glover 107 yoshini nishonlar ekan, uzoq umr ko‘rish uchun qancha choy ichish kerakligini ma’lum qildi. Bu haqda Daily Star gazetasi xabar berdi.

Nafaqaxo‘rning so‘zlariga ko‘ra, aynan choy uni «o‘nlab yillar davomida qo‘llab-quvvatlagan». U bu ichimlikni kuniga 13 stakandan ichadi.

«Buvim kuniga 13 stakan choy ichadi va bu uning uzoq umr siridir. Bizningcha, bu genetika, ammo u sir choyda deydi», — deydi Renening 51 yoshli nabirasi Sara Renvik.

«U hazil qilishni juda yaxshi ko‘radi. Xushchaqchaq, baquvvat va har doim kulgili hazillar qiladi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Rene Glover 1914 yilda Buyuk Britaniyada politsiya xodimi va hamshira oilasida tug‘ilgan. Rene 19 yoshida o‘zi ishlaydigan do‘kon yonidan tez-tez o‘tib turadigan avtobus haydovchisiga turmushga chiqadi. Nikohdan so‘ng tug‘ilgan birinchi farzandi qiz bo‘lib, hozirda 84 yoshda. Rene Angliyaning shimolidagi Darlingtonning eng keksa fuqarosi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring