Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2030-yilgi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonning ikki shahrida o‘tkazilishi mumkin

2030-yilgi Osiyo o‘yinlari O‘zbekistonning ikki shahrida o‘tkazilishi mumkin

Foto:«Olympic.uz»

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Sabax bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G‘ofur Rahimov ham ishtirok etdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda tomonlar 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Foto:«Olympic.uz»

Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyasiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

XXI Osiyo o‘yinlarni qabul qilish uchun shuningdek, Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vorgarlik qilishmoqda.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo o‘yinlari-2030 mezbonligi bo‘yicha o‘z taqdimotini o‘tkazishiga kelishib olindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham 2018-yilda Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida O‘zbekiston kelgusida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilishini aytib o‘tgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring