Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

22-may. Biologik xilma-xillik kuni, Mussolinining «go‘zal» qarori, Chilini yig‘latgan zilzila, prezidentning ixtirosi va boshqa voqealar      

22-may. Biologik xilma-xillik kuni, Mussolinining «go‘zal» qarori, Chilini yig‘latgan zilzila, prezidentning ixtirosi va boshqa voqealar      

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar


  • Biologik xilma-xillik kuni.
  • Yagona Yaman respublikasi tashkil topgan kun.
  • Qurolli kuchlar kuni (Qirg‘iziston).

Voqea-hodisalar

  • 853-yil — Norvegiya qirolining o‘g‘li Oq Olaf Irlandiyadagi vikinglar va daniyaliklarni bo‘ysundirdi va Dublinni poytaxtga aylantirdi.
  • 1455-yil — Sent-Olbans jangi — Qizil va Oq atirgullar urushining boshlanishi.
  • 1849-yil — Avraam Linkoln o‘zi yasagan suzuvchi dok uchun patent oldi. U ixtirosiga patent olgan AQShning yagona prezidenti.
  • 1856-yil — Moskvada Tretyakov galereyasiga asos solindi.
  • 1868-yil — Marshfild (Indiana shtati) yaqinida «Buyuk poyezd talonchiligi» yuz berdi.
  • 1892-yil — nyu-londonlik doktor Vashington Sheffild tish pastasi uchun tyubikka patent oldi.
  • 1900-yil — Nyu-Yorkda «Associated Press» axborot agentligiga asos solindi.
  • 1906-yil — aka-uka Raytlarga uchuvchi apparat uchun patent berildi.
  • 1921-yil — Chikago shahar hukumati ko‘chada kalta yubka va yengi kalta ko‘ylakda yurgan ayollar uchun 10 dollardan 100 dollargacha jarima joriy qildi.
  • 1926-yil — Italiyada Mussolini axloqqa zid deya go‘zallik tanlovlarini taqiqladi.
  • 1949-yil — AQShning birinchi mudofaa vaziri Jeyms Vinsent Forrestol o‘z joniga qasd qildi.
  • 1950-yil — Xitoy kommunistik hukumati kommunistik hukumatni o‘rnatish sharti bilan Tibetga muxtoriyat berdi.
  • 1960-yil — Buyuk Chili zilzilasi yuz berdi. Epitsentri Chili poytaxti Santyagodan 435 kilometr janubdagi Valdiviya shahri yaqinida joylashgan zilzila kuchi 9,3dan 9,5 ballgacha bo‘lgan. Olti ming kishi qurbon bo‘lgan. Bunga asosan okenda paydo bo‘lgan sunami sababchi bo‘lgan. Chilidagi Konsepsion, Valdiviya, Osorno va Puerto-Mont shaharlari deyarli to‘liq vayron bo‘lgan. Sunami Havayidagi Xilo shaharchasiga ham jiddiy zarar yetkazgan. Uning to‘lqinlari Filipin va Yaponiyagacha yetib borgan.
  • 1972-yil — Richard Nikson SSSRga kelgan AQShning ikkinchi prezidenti bo‘ldi.
  • 1972-yil — Seylon yangi konstitutsiya qabul qilib, mustaqil Shri-Lanka respublikasi deya e’lon qilindi.
  • 1990-yil — «Microsoft» kompaniyasi «Windows 3.0»ni chiqardi.
  • 1990-yil — uzoq yillik qarama-qarshiliklardan so‘ng Shimoliy va Janubiy Yaman yagona Yaman respublikasiga birlashdi.
  • 2004-yil — Pxenyan metrosida yirik yong‘in ro‘y berdi.
  • 2010-yil — Hindistonning Mangalur shahrida «Boeing 737» samolyoti halokatga uchradi; 158 kishi halok bo‘lgan.

Tavallud kunlari

  • 1813-yil — Rixard Vagner, nemis bastakori.
  • 1859-yil — Artur Konan Doyl, britan yozuvchisi, Sherlok Xolms obrazi asoschisi.
  • 1924-yil — Sharl Aznavur, fransuz aktyori va qo‘shiqchisi.
  • 1987-yil — Novak Jokovich, serb tennischisi.

Vafot etganlar

  • 337-yil — Konstantin I, Rim imperatori.
  • 1885-yil — Viktor Gyugo, fransuz yozuvchisi.
  • 1922-yil — Karl Teyke, nemis bastakori.
  • 2008-yil — Robert Lin Asprin, amerikalik fantast-yozuvchi.
  • 2017-yil — Niki Xeyden, motopoygachi, jahon chempioni.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring