Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

23 yildan buyon O‘zbekiston fuqaroligini ololmayotgan oilaga pasport berildi

23 yildan buyon O‘zbekiston fuqaroligini ololmayotgan oilaga pasport berildi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 30-mart kuni Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani aholisining murojaatlari yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sayyor qabul jarayonida hududdagi yig‘ilib qolgan muammolar – kadastr, yo‘l ta’miri, passport tizimi, ijtimoiy yordam, noqonuniy qurilmalar, kredit olish kabi o‘nlab masalalar yuzasidan qilingan murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan.

Shundan so‘ng Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i T.Aripov, Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan, Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida qariyb 23 yildan buyon yashab, fuqarolik passportini ololmay kelayotgan Q.Boboqulov va uning farzandi Sh.Boboqulovlarni taklif etib, ularga Prezident farmoni bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilganligini ma’lum qildi va  tantanali ravishda fuqarolik pasportlarini topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring