Lamin Yamal Turkiyada pasportini yo‘qotib qo‘ydi

Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Lamin Yamal Turkiyada pasportini yo‘qotib qo‘ydi, deb xabar berdi Allfootballapp.
Eslatib o‘tamiz, kecha 2026-yilgi jahon chempionati saralashi doirasida Ispaniya terma jamoasi Turkiyada mezbonlarni 6:0 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi.
Lamin Yamal o‘yin o‘tkazilgan Konya shahridan shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz vataniga uchib keta olmaydi, deyiladi xabarda.
Yamal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2024/2025-yilgi mavsumda u «Barselona» safida La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘qqizta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi, jamoa bilan birga chempionlik va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi. 2024-yilda futbolchi Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter