Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

24-may. Ibn Sino va Zuhro, birinchi telegramma, «Sheryurak», Seydulla Moldaxanov 60 yoshda va boshqa voqealar

24-may. Ibn Sino va Zuhro, birinchi telegramma, «Sheryurak», Seydulla Moldaxanov 60 yoshda va boshqa voqealar

Foto: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Slavyan yozuvi va madaniyati kuni (Bolgariya).
  • Qirolicha Viktoriya tavallud kuni (Kanada).
  • Mustaqillik kuni (Eritreya).

Voqea-hodisalar

  • 1032-yil — Abu Ali ibn Sino Zuhro (Venera) sayyorasining Quyosh gardishi bo‘ylab o‘tishini kuzatdi va yozib qoldirdi.
  • 1276-yil — Magnus I Ladulosga Shvetsiya qiroli toji kiydirildi.
  • 1626-yil — Yangi Niderlandiya rahbari Peter Minyoyt hindulardan Manhetten orolini 60 guldenga sotib oldi.
  • 1800-yil — Sankt-Peterburgda generalissimus Aleksandr Suvorovning dafn marosimi o‘tkazildi.
  • 1830-yil — AQShdagi eng eski Baltimor — Ogayo temiryo‘l tarmog‘i ishga tushdi.
  • 1844-yil — Semyuel Morzening telegrafidan dunyodagi birinchi telegramma jo‘natildi.
  • 1900-yil — Sankt-Peterburgda imperator Nikolay II ishtirokida «Avrora» kreyseri suvga tushirildi. Bu kemadan keyinchalik inqilobchilar uni taxtdan ag‘darishda  foydalanishdi.
  • 1941-yil — Ikkinchi jahon urushi: Daniya bo‘g‘ozida Germaniyaning «Bismark» linkori Buyuk Britaniyaning «Hud» kreyserini cho‘ktirib yubordi.
  • 1956-yil — Shveysariyaning Lugano shahrida birinchi Yevrovideniya qo‘shiqlar tanlovi o‘tkazildi.
  • 1982-yil — Eron-Iroq urushi: forslar armiyasi Xurramshahrni qaytarib oldi.
  • 1993-yil — Eritreya Efiopiyadan mustaqil bo‘lib chiqdi.
  • 1995-yil — Mel Gibsonning «Sheryurak» filmi ekranlarga chiqdi.
  • 2001-yil — rus «Vikipediya»siga birinchi maqola joylashtirildi.
  • 2006-yil — «Wikimapia» loyihasi ishga tushirildi.

Tavallud kunlari

  • 1686-yil — Gabriyel Daniyel Farengeyt, nemis fizigi, termometrda simobni birinchi bo‘lib ishlatgan. Farengeyt shkalasini ixtiro qilgan.
  • 1819-yil — qirolicha Viktoriya, Buyuk Britaniya taxtidagi hannoverlar sulolasining oxirgi vakili.
  • 1905-yil — Mixail Sholoxov, rus yozuvchisi, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1940-yil — Iosif Brodskiy, rus shoiri, Nobel mukofoti sovrindori.
  • 1941-yil — Bob Dilan, amerikalik qo‘shiqchi, shoir va bastkor, adabiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.
  • 1958-yil — Seydulla Moldaxanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

Vafot etganlar

  • 1377-yil — Olgerd, Litva knyazi.
  • 1543-yil — Nikolay Kopernik, polyak astronomi, matematik va iqtisodchi.
  • 1903-yil — Marsel Reno, fransuz avtokonstruktori va poygachisi. «Renault» konserni asoschilaridan biri.
  • 2000-yil — Oleg Yefremov, taniqli kino va teatr aktyori.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring