Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

4-aprel. Bugun bayram! «Egizak minoralar», moskvacha ziyofat, birinchi general va boshqa muhim voqealar

4-aprel. Bugun bayram! «Egizak minoralar», moskvacha ziyofat, birinchi general va boshqa muhim voqealar

Фото: «Xabar.uz»

Bayram va muhim sanalar

  • Internet kuni.
  • Mustaqillik kuni (Senegal).

Voqea-hodisalar

  • 1147-yil — Suzdal knyazi Yuriy Dolgorukiy o‘z ittifoqchisi Novgorod-Seversk knyazi Svyatoslav Olgovich sharafiga hech kimga ma’lum bo‘lmagan Moskva degan joyda katta ziyofat berdi. Shu tariqa Moskva nomi birinchi marta Ipatev solnomasida tilga olingan.
  • 1297-yil — Rim papasi Korsika va Sardiniyani Aragon qiroli ixtiyoriga berdi.
  • 1500-yil — portugal dengizchisi Pedru Kabral Braziliyani kashf etdi. U avvaliga bu yerni orol deb o‘ylagan.
  • 1541-yil — ispan iyezuiti Ignatiy de Loyola birinchi bo‘lib general unvonini oldi.
  • 1785-yil — ingliz ixtirochisi Edmund Kartrayt mexanik to‘quv stanogi uchun patent oldi.
  • 1850-yil — Los-Anjeles shahar maqomiga ega bo‘ldi.
  • 1884-yil — Boliviya Chiliga Antofagasta viloyatini topshirdi va dengizga chiqish yo‘lidan mahrum bo‘ldi.
  • 1896-yil — Yukon(Kanada)da oltin vasvasasi boshlandi.
  • 1932-yil — amerikalik olim Charlz Glen King birinchi bo‘lib S vitaminini ajratib oldi.
  • 1945-yil — Bratislava nemis fashistlaridan ozod etildi.
  • 1947-yil — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotiga asos solindi.
  • 1949-yil — Vashingtonda yig‘ilgan AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Daniya, Islandiya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya va Fransiya rahbarlari NATOga asos solishdi.
  • 1973-yil — Nyu-York(Manxetten)da Jahon savdo markazi ochildi. Markaz ramzi hisoblangan balandligi 415 va 417 metrli «Egizak minoralar» 2001-yil 11-sentyabrda terrorchilar hujumi natijasida butunlay yakson qilingan. Terakt 2977 insonning umriga zomin bo‘lgan.
  • 1975-yil — Tanshonnyat(Vetnam janubi)dagi «C-5» halokati. Aviahalokatda 155 kishi (asosan bolalar) halok bo‘lgan.
  • 1983-yil — Amerika fazoviy kemasi — «Chellenjer»ning ilk parvozi.

Tavallud kunlari

  • 188-yil — Septimiy Bassian Karakalla, Rim imperatori.
  • 1818-yil — Mayn Rid, ingliz yozuvchisi.
  • 1932-yil — Andrey Tarkovskiy, taniqli kinorejissyor, ssenariynavis.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring