Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya tashqi ishlar davlat vaziri bilan fikr almashildi

Abdulaziz Komilov Buyuk Britaniya tashqi ishlar davlat vaziri bilan fikr almashildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2019-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Myunxen shahrida (Germaniya) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining tashqi ishlar davlat vaziri Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Buyuk Britaniya Savdo-sanoat kengashining navbatdagi majlisi hamda uning doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Buyuk Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu tadbirlarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring