Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishdi

Foto: «president.tj»

Bugun, 30-avgust kuni Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, ta’lim va san’at vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov II darajali «Ismoili Somonї» ordeni bilan taqdirlanishdi.

Foto: «president.tj»

Shuningdek, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev I  darajali «Sharaf» ordeni, Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Zokirjon Almatov, Samarqand viloyati tojik madaniy markazi raisi Vaxidov Abduvaxob, Suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov, «Ovozi tojik» gazetasi bo‘lim boshlig‘i To‘xtamish To‘xtayev, Buxoro universiteti professori Tavakkal Choriyev «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlanishdi.

Sherali Jo‘rayev hamda Mavluda Хalilova Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring