Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Adliya vazirligi oyning eng yaxshi xodimini e’lon qildi

Adliya vazirligi oyning eng yaxshi xodimini e’lon qildi

Foto: «Xabar.uz»

Adliya vazirligi o‘z jamoasi orasidan oyning eng yaxshi xodimini saralab, ularni rag‘batlantirib borishni yo‘lga qo‘ygan. Shunga ko‘ra, vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sevara O‘rinboyeva komissiya tomonidan 2018-yilning dekabr oyi uchun «oyning eng yaxshi xodimi» deb topildi.

S.O‘rinboyeva o‘zi faoliyat yuritayotgan sohaning vazifalaridan kelib chiqib, keng jamoatchilikni adliya organlarining faoliyati, shu jumladan sohaga doir qonun hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish, adliya organlarining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini yanada mustakahmlash, shuningdek, milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar va reportajlar tayyorlashda qator ishlarni amalga oshirdi.

Yaqinda e’lon qilingan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining «Ochiqlik indeksi» reytingida barcha davlat organlarining ichida Adliya vazirligi birinchi o‘rinni egallaganligining o‘zi S.O‘rinboyeva va u rahbarlik qilayotgan vazirlikning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi faoliyatiga berilgan yuksak bahodir, deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan tashqari, Kun.uz sayti tomonidan 2018-yil yakuni bo‘yicha Adliya vazirligining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi «Yilning eng ochiq matbuot xizmati» sifatida e’tirof etilgan.

Adliya vazirligi jamoasi Sevara O‘rinboyevani ushbu e’tirof bilan qutlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring