Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ahad Qayum va Halima o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi

Ahad Qayum va Halima o‘rtasidagi mushtlashuv aks etgan video tarqaldi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Ijtimoiy tarmoqlarda shou-biznesning ikki vakili — Ahad Qayum va Halima o‘rtasidagi janjal videosi tarqaldi.

Videoda o‘rtada yuzaga kelgan janjalda Halima raqibiga haqoratlar yog‘dirgani va tarsaki tushirgani, Ahad Qayum esa uni tepmoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Janjal restoranlarning birida, ko‘pchilikning ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Aktrisa chinni idishni uloqtirib, chil-chil qiladi va Ahad Qayumdan nima xohlayotganini so‘raydi. Ularning olishuvini boshqa shaxslar ajratib qolishgan.

Voqea qachon va qayerda sodir bo‘lgani, bu haqiqiy janjalmi yoki uyushtirilgan sahnami, ma’lum emas.

Taxminlarga ko‘ra, janjalga Ahad Qayumning avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan videosi sabab bo‘lgan. U reklamalarda 200 millionga tushmasligini, faqat 1 mlrd. berishsa rozi bo‘lishini aytgan va arzon narxga «ana Davron Kabulov, Munisa Rizayeva yoki Halimaxon tushsin» deya gapirgandi.

Eslatib o‘tamiz, bu Ahad Qayum ishtirokidagi birinchi «ishkal» emas, avvalroq uning Aziz Rametov bilan kechgan «dahanaki jangi» ichki ishlar organlari aralashgach, uzr so‘rash bilan tugagandi.

IIBB san’atkorlar yana janjalga sabab bo‘lishsa, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgani qayd etilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring