Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi

AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi

Foto: Xabar.uz

O‘tgan hafta davomida, ya’ni 14 – 20-dekabr kunlari birja savdolarida AI-80 markali benzin narxi biroz tushdi. Bu haqda respublika tovar-xomashyo birjasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, birja savdolariga 23 952,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va ulardan 21 736,1 tonnasi, ya’ni 90,7% sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 47 xaridor ishtirok etgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 5 845,8 ming so‘mdan 5 727,9 ming so‘mgacha yoki 2,0% ga pasaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring