Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Aks-sado. Samolyot yonilg‘isi oltindanmi yoki ro‘zani bilmaydigan aviakompaniya

Aks-sado. Samolyot yonilg‘isi oltindanmi yoki ro‘zani bilmaydigan aviakompaniya

Foto: O‘zA

Yaqinda «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xodimlarining muomala madaniyati haqida «Men jinoyatchi emasman» nomli maqolani e’lon qilgan edik. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlar orqali turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Quyida ularning asosiylarini e’tiboringizga havola etamiz:


malik tohir: «Assalomu alaykum. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida e’lon qilingan maqolani o‘qib, o‘zim ko‘rgan voqeani aytib beray.

Ko‘p uchaman. «Havo yo‘llari», «Turkish» va «Aeroflot» va boshka kompaniyalarda. Bizning aeroportda, adashmasam, faqat Biznes klass yo‘lovchilariga CIP xizmat ko‘rsatish opsiyasi beriladi. Qolgan kompaniyalarga 150 dollarga alohida sotib olinadi, hattoki biznes klass bo‘lsayam (adashmasam, «Korean Air»da biznes klassga faqat uchib ketishga bor, yolg‘on bo‘lmasin).

Agar Toshkentga uchish oldidan yukingizni alohida topshirgan bo‘lsangiz, CIP sizga aeroportdan tez chiqishga yordam bermaydi. Chunki yukingiz eng oxirida yetkazib kelinadi. Faqat samolyotdan alohida chaqirib olib ketadi va 2 soat maza qilib kutasiz (xo‘mrayib turgan chegarachi tomonga yugurmaysiz xolos).

Bir safar qiziq voqea ro‘y berdi. Istanbuldan uchib keldim. 150 dollar to‘langan. 3-4 kishi ekanmiz. Chaqirib olib ketishdi. Yuklarimni olib kelishini kutiiiiib o‘tiribman. Tashqaridagi taksi 2 yo‘lovchisi bilan kutiiiib o‘tiribdi. Farg‘onaga ketishim kerak edi. Hadeb telefon qiladi: «Biznes klass deysan, CIP deysan. Ekonomlar ham chiqib ketdi. Nima balo, u-buga telefon qil, agar muammo bo‘lsa». Qayerdandir 8 kishi atrofida «nemislar» paydo bo‘lib qolishdi. Ularni ko‘rib, aeroport xodimlari hayron — chegarachi (pasport kontrol) «o‘tkazmayman», deydi. Ular bo‘lsa, «chiptamiz biznes klass («Turkish»da biznes klassda uchib kelishgan), qayerga uchmaylik, hamma joyda «Fast Track»dan o‘tib kelamiz-ku», deyishdi. (Bilishmaydiki, Toshkent xalqaro aeroporti faqat «Havo yo‘llari» va «Korean Air» bilan (Toshkentdan uchib ketishga) shartnoma tuzgan.) Oxiri «bo‘pti, adashib kelibmiz bu yerga, uzr, qarasang-chi, 3 ta yosh bola bor, 1 tamiz yoshi katta kishimiz, bir safar o‘tkazvora qol, shu pasport kontroldan o‘tsak bo‘ldi-ku», deyishdi.

Yo‘q! Bizni samolyotdan olib kelgan xodim «Let’s go», dedi-da, narigi pasport nazoratidan o‘tish uchun ortidan ergashtirib qaytarib olib ketdi. Endi ularning holatini tasavvur qilavering. Ular O‘zbekistonga birinchi kelishi edi, bu aniq...

Xo‘sh, aeroportda «strogiy rejim va hamma narsa po instruksii» bo‘lsa, nahotki shunga o‘xshagan ko‘zda tutilmagan holatlarni joyida hal qilib yuborish imkoni bo‘lmasa! Shu yerdan o‘tkazganida aeroport 150 dollar xarajat qilib yubormasdi-ku!

Ana sizga ularning taassurotlari... Borib u-bu kim bilan gaplashmaydimi, ularda «Feysbuk», «Instagram»lar yo‘qmi? Turgan turishi antireklama-ku... Mehmondo‘st xalqmiz deymiz... Mehmondo‘stlik faqat dasturxon atrofida bir qo‘y go‘shtidan sho‘rva, osh va shashlik yedirib yuborish emas axir.

Mehmondo‘stlik chet eldagi aeroportda «Havo yo‘llari» reysiga registratsiyadan o‘tishdan boshlanadi! Eng asosiysi, bu pul turmaydi. Elementar jilmayib turish, salom berish, salomga alik olish (!), xushmuomala bo‘lish, yo‘lovchilarga yordam berish».


bilansaid74: «Shu gapi shunaqa og‘ir botdi. Holsiz, suvsiz ixlos bilan tutgan ro‘zam bo‘g‘zimga keldi. Bilasizlar, Turkiya O‘zbekistondan 2 soat orqada, men Turkiya soati bilan og‘zimni ochdim. Alloh kechirsin deb. Keyin yonimda o‘tirgan ayolga ataylab zo‘r xizmat qilib, kayfiyatlar yaxshimi, qiynalmadingizmi, deb ikki ko‘zi menga qarab, tegishtirib gapirdi. 45 daqiqa avtobusda kelgandek bo‘ldim. Xullas, bizda muomala madaniyati dunyoda eng oxirgi pog‘onalardan birinchisi bo‘lsa kerak.

O‘tgan yili iyun oyi Toshkentga uchdim. Oilamda katta yo‘qotish bo‘ldi. Esimda, ramazon oylari edi, ro‘za edim. Chipta olishdan oldin biz o‘yladik: shundoq aviakompaniya ro‘zadorlarga iftorlik soati, iftorlik yemaklari, og‘iz ochish vaqti beradi, deb. Afsuski, kerakli ma’lumotni samolyot bortida oldik. Samolyot bortida uchishdan oldin styuardessadan ro‘zadorlarga iftorlik soati, yeyishga yemak yoki og‘iz ochishga suv berasizlarmi, servisda bormi, deb so‘rasam, ensasi qotib, jerkib gapirdi. Butun samolyotda mardikor olib ketishayotgan ekan-da. Javoban: «Bizda ovqat beradigan soatimiz bor, ro‘za tutganlar rejada yo‘q. Og‘iz ochish soati kelganda sizga paket qilib beramiz, uyingizga obketsangiz bo‘ladi», dedi».


sabina_aksu: «Priletela v Tashkent, i nachalos kucha voprosov: gde rabotala kem rabotala? U menya bil bagaj, tolko veщi i konfeti, konfeti xoteli zabrat. Gde eto vidano chto konfeti nelzya»


sultanbey__abdullaev: «Bu holat nafaqat aeroport, bu illat hamma joyda tarqalib ketgan, aeroport xodimi ham O‘zbekistonda hech tabassum qilib, kutib olgan joyni ko‘rmaydi-da, shuning uchun unga bu narsa yot. Do‘stimning onasi Kanadaga borib keldi, hamma kulib qararkan. Men odamlar jinnimikan, meni ko‘rib kulishyapti, deb ajablanibman. Lekin bilsam, ular judayam ahil-inoq va hurmat bilan qararkan».


nargiza_b_m: «Chipta narxini tushirishsa, zo‘r bo‘lardi». Bizning aeroportda sal yaxshi muomala qilishsa bo‘lardi, ayrim befarosat ishchilar kasriga hamma qoladi-da».


Safobeksobirovich: «Masalan, menga yaxshi muomalada bo‘lishgandi. Bunchalik qo‘pollik qilmasalar kerak. Bo‘rttirib yozishadi-ya».


safo_marva2016: «To‘ppa-to‘g‘ri aytasiz. Haj safariga borganimizda S.Arabistoni aeroporti xodimlari meni tanirmikan, qarindoshday gapirishyapti, deb o‘ylaysan. Ana muomala! Hayratda qolasan! Turkiyada bo‘lsa, qaytayotganingda shahar yoqdimi, yana kelasanmi, deb qizlari shunaqa muomala qilishgan».


ulughbekovna_: «Hammangiz haqsiz. Chiqib ketayotganingizda nega eringiz yo‘qligi bilan ham qiziqishadi. Biror narsa deb ko‘ring-chi, sizga 5 yoki 6 ta jinoyatni qo‘yib tashlashadi».


@banuwa_yagmur: «Biz Turkiya, J.Koreya, Rossiya bilan bir vaqt kelib qolgandik, ana kimoshdi savdosi bo‘lib ketdi. Odamlar 3 qavatlab ham chiqyapti. Eh, qulaylik yaratib berishsa, zo‘r edi. Yangilik bor, barakalla, bu yil yuk aravachalarini bepul qilib qo‘yishibdi, oldinlari 6000 so‘m edi».


jamshid_imamov: «Arzonlashtiringlar, biz ham sportchilarimizga muxlislik qilib, O‘zbekiston degan mamlakat borligini ko‘rsatib kelaylik. Ortiqcha gap eshitmaganmizu, lekin chipta narxini «sezon» ekan deb ko‘tarish insofdanmas».


irodatursunova3003: «Haqiqatni gapiribdilar, muomala 0%».


al_oybek: «Chiptaning qimmatligi aniq bor gap».


virus_8988: «Bo‘lmagan gap! Men har oy kamida 5-6 marta Toshkentdan turli yo‘nalishlarga uchaman, xuddi shunday qaytaman. To‘g‘ri, 1-2 yil ilgari sal qiyin edi, hozir yaxshi chidasa bo‘ladi. Umuman, senga qanday muomala bo‘lishi insonning o‘ziga bog‘liq! Hammasi taomilida. Boshqa davlatlarda bundan-da ortiq emas!»


banuwa_yagmur: «Xuddi shunaqa muomaladan men ham yurtimga borishga qo‘rqib qolganman. Bojxona, aeroport desa, yuragim orqaga tortadi».


Jamilakasimovna: «Haqiqatan ham, «O‘zbekiston havo yo‘llari» o‘ta qimmat aviachiptalar odamlarning g‘ashini keltiradi. Nahotki bizning yoqilg‘ilar oltindan bo‘lsa, hech kimning ishi yo‘q, e’tiroz bildirmaydi. Kim mamlakatimizga hissasini qo‘shish uchun farzandini o‘qishga, bilim olishga jo‘natadi? U bechoralar chiptalar qimmatligidan uyga kelolmay sarson».

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring