Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT vazirligi «Digital CASA» dasturi doirasida qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqda

AKT vazirligi «Digital CASA» dasturi doirasida qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilmoqda

Foto: «Mitc.uz»

AKT vazirligi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va «O‘zbektelekom» AK vakillari «Digital CASA» dasturi doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida «Jahon banki» hamda Qirg‘iziston Respublikasi aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan mintaqaviy seminarda ishtirok etishmoqda. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur seminar «Digital CASA» dasturi doirasida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risidagi umumiy tushunchani shakllantirishga va yo‘nalishlarni belgilashga qaratilgan. Bu «Digital CASA»ga a’zo mamlakatlarning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga ko‘maklashadi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha barcha delegatsiyalar ishtirokida seminar rezolyusiyasi ishlab chiqiladi.

Afg‘oniston, Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston vakillari raqamli transformatsiyaning asosiy yo‘nalishlari hamda mamlakatdagi ustuvorliklari bo‘yicha o‘z qarashlarini o‘rtoqlashishadi. Bundan maqsad mintaqa miqyosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va mintaqaviy kooperatsiya uchun salohiyat hamda kamchiliklarni aniqlashdir.

Seminar doirasida mintaqaviy jihatlariga e’tibor qaratilgan holda «Digital CASA» dasturining asosiy tarkibiy qismlariga mos, jumladan, raqamli aloqa va raqamli infratuzilmani rivojlantirish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari, platformalar va aqlli yechimlar mavzusida mavzuli bahs-munozaralar bo‘lib o‘tadi.

«Digital CASA» mintaqaviy dasturining asosiy maqsadi bugungi kunda davlat tarmog‘i raqamli transformatsiyasini, iqtisodiyot va jamiyatning an’anaviy tarmoqlarini rivojlantirishga ko‘maklashadigan iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyotiga tezroq qo‘shilish imkoniyatini beradigan raqamli texnologiyalar taqdim etayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanish uchun zarur bo‘lgan asoslarni yaratishdan iborat.

Barcha uchun yuqori tezlikdagi va ommabop internetdan foydalanish imkoniyatini oshirish – rivojlanayotgan mintaqaviy raqamli iqtisodiyot uchun davlat raqamli xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha hukumat salohiyatini oshirish imkonini beradi. «Digital CASA» mintaqaviy dasturini amalga oshirish natijalari yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovatsiya va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishga ta’sir qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring